Markin'os «Tsrvena Zvеzda»ga o'tishi bo'yicha qarorini e'lon qildi
Markinyos transfer haqidagi mish-mishlarga nuqta qoʻydi
«Spartak» jamoasi yarim himoyachisi Markinyos «Crvena Zvezda» klubiga oʻtishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga oʻz munosabatini bildirdi.
Braziliyalik futbolchiga koʻra, u Deyan Stankovich bilan hech qanday muloqot qilmagan va Serbiya chempionatiga yoʻl olish niyati yoʻq.
«Stankovich meni «Crvena Zvezda»ga chaqirganmi? U bilan bogʻlanmaganman, ancha vaqtdan beri gaplashmaganmiz. Unga faqat yaxshilik va omad tilayman. Lekin men hozir «Spartak»daman va «Crvena Zvezda»ga oʻtishni rejalashtirmayapman», — deb taʼkidladi Markinyos.
Markinyos 2024 yili «Spartak» safini toʻldirgan. Oʻsha paytda jamoani Deyan Stankovich boshqargan edi. 2025 yil kuzida serbiyalik mutaxassis Moskva klubini tark etdi va hozirda «Crvena Zvezda»da faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar