Marko Simichning mavsum-2017dagi ko‘rsatkichlari

  • 4 dekabr, 2017, 12:45
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markaziy himoyachi Marko Simich "Paxtakor" tarkibida ikkinchi davrada to‘p tepdi.

Tecno

U 13 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qilishga erishdi. Shuningdek, bir marta jamoadoshlari gol urishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Birinchi golini urish uchun Chernogoriya terma jamoasi a’zosi 532 daqiqa sarfladi. Ilk to‘pini u Toshkent derbisida "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvda kiritdi. O‘shanda uning yagona goli "Paxtakor"ga g‘alaba keltirgandi. Simichning barcha gollariga Gidi Kanyuk assitentlik qilgani e’tiborga molik. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Markoning aniq to‘p oshirish koeffitsenti 80 foizni tashkil qildi. Bu jamoada mavsumdagi eng yuqori natija sanaladi. O‘rtacha bir o‘yinda 13 yakkakurashdan 9tasida raqiblardan ustun harakat qilgan. Ulardan 7tasida Simich havodagi kurashlarda muvaffaqiyat qozongan. Bu himoyachining ishonchli o‘ynashini ko‘rsatadi. U bir uchrashuvda o‘rtacha 7 marta to‘pni olib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!