Markus Reshford Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford bo‘lajak o‘yinlarda Angliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 21 yoshli futbolchining to‘pig‘ida og‘riq paydo bo‘lgan. Shu sababli u terma jamoa qarorgohini tark etgan va tiklanish uchun “Manchester Yunayted”ga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi bugun Evro-2020 saralashi doirasida Chexiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar