
Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri Qatarga qaytishga qaror qildi. Sababi...
Marokash terma jamoasining JCh-2022 dagi etakchilaridan biri Sofian Bufal yana Qatarga ketishga qaror qildi.
Qanot hujumchisi mahalliy "Al-Rayyan"ning yangi a’zosiga aylandi va jamoa bilan 3 yarim yillik shartnoma imzoladi. Ammo uning transfer huquqiga egalik qilgan “Anje” klubi xabarida 29 yoshli Bufalning transfer summasi va shartnoma hajmi haqida so‘z yuritilmagan.
Shuningdek, frantsus jamoasi “Mets”dan Ibrohim Nyane va “Napoli”da o‘ynagan Fauzi G‘ulom bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Qizig‘i, so‘nggi olti oy davomida jazoirlik himoyachi erkin agent maqomida edi.
Fikrlar