Marselo "Real"da qoladigan bo‘ldi

  • 08.05.2019 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra braziliyalik futbolchining bunday qarorga kelishiga Zinedin Zidanning jamoa boshqaruviga qaytishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marselo yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligi va unga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!