Marselo Roberto Karlosning "Real"dagi natijasini takrorladi

  • 30.01.2020 15:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo kecha Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Saragosa"ga (4:0) qarshi o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu 31 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”dagi 500-o‘yin bo‘ldi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda Marselo bu qadar ko‘p o‘yin o‘tkazgan "Real" tarixidagi ikkinchi legionerga aylandi.

Aniqrog‘i, Marselo bu borada hamyurti Roberto Karlosdan keyingi ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, Karlos hisobida 527 ta o‘yin mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!