
Marselo: "Ronaldu "Real"ga kelishini eshitib, klubdan ketmoqchi bo‘lganman"
Madrid "Real" sobiq himoyachisi Marselo Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Braziliyalik futbolchi "qirollik klubi" tarkibida 2007 yildan 2022 yilgacha, portugaliyalik hujumchi esa 2009 yildan 2018 yilgacha harakat qilgan.
"Mening Krishtianu bilan munosabatim Braziliya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda boshlangan. U juda tez edi, shuning uchun men uni to‘xtatish uchun qo‘pol harakat qilishga majbur bo‘ldim. U meni ushladi, men ham javob qaytarmoqchi bo‘ldim, lekin u juda baland edi.
Keyinroq "Real" Ronaldu bilan shartnoma imzolashini bildim. O‘shanda hazillashib: "Men klubdan ketaman", degan edim. Ammo hammasi yaxshi yakunlandi,"— deya Marseloning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra nashri.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Marselo o‘tgan oy futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar