Marselo safga qaytdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra braziliyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan sog‘aygan va ayni damda “qirollik klubi”ning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Marselo 4 oktyabr kuni jarohat olgan va shu bois “Granada”ga (4:2) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar