Martin Bakolening keyingi raqibi ma’lum
Kongolik bokschi Martin Bakole (21-2, 16 KO) navbatdagi jangini 3 may kuni Saudiya Arabistonida nigeriyalik Efe Adjagba(20-1, 14 KO)ga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda "Boxing Scene" portali xabar bermoqda.
Bakole va Adjagba o‘rtasidagi to‘qnashuv avvalroq bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Martinning Jozef Parkerga qarshi jangi tufayli Xalqaro boks federatsiyasi bu qarama-qarshilikni boshqa vaqtga ko‘chirishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Bakole o‘zining so‘nggi jangida IBF yo‘nalishida sobiq jahon chempioni Jozef Parkerdan ikkinchi raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar