Martin Breytueyt — bu natijaga erishgan tarixdagi 4-futbolchi

  • 5 sentabr, 2022, 00:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daniyalik hujumchi Martin Breytueyt “Barselona”dan Kataloniyaning boshqa bir jamoasi “Espanol” safiga o‘tdi va debyut o‘yinini ham o‘tkazdi. Shuningdek, u yangi jamoasi safidagi ilk o‘yinidayoq gol urishni uddaladi.

Martinning goli jamoasiga Bilbaoda "Atletik" ustidan g‘alaba qozonisha yordam berdi. Natijada bu g‘alaba “to‘tiqushlar” uchun yangi mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. Bungacha ular ikki marta mag‘lub bo‘lib, bir marta durang o‘ynashgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Martin XXI asrda “Barselona” va “Espanol” safida gol urgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha Dani Garsiya Lara, Filippe Koutino va Aleysh Vidal bu natijani qayd etgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, keyingi tur “Espanol” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!