
"Mash’al" Olmaliqda AGMKga qarshi o‘yinlarda qanday natijalar qayd etgan?
Coca Cola Superligasida 6-turida "Mash’al" jamoasi safarda AGMK jamoasi mehmoni bo‘ladi. Muborakliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Mash’al” hamda AGMK jamoalari oliy ligada 18 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mash’al”ning ustunligini ko‘rsatmoqda. “Gazchi”lar 9 o‘ynda g‘alaba qozonishgan, 4 uchrashuv durang qayd etilgan. Olmaliqliklar esa 5 bora raqibini mag‘lub etgan. To‘p kiritish borasida ham voha klubida ustunlik – 24-19 O‘zaro o‘ynlarda “Mash’al” 31 ochkoni, AGMK esa 19 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Mash’al”ning AGMK ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 3:1. O‘z navbatida AGMKning ham “Mash’al” ustidan o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati 4:0ni tashkil qiladi.
Olmaliqda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:
20.10.2017 AGMK - «Mash’al» 2:1
28.05.2016 AGMK - «Mash’al» 1:0
22.08.2015 AGMK - «Mash’al» 1:3
20.09.2014 AGMK - «Mash’al» 2:1
20.10.2012 AGMK - «Mash’al» 4:0
16.04.2011 AGMK - «Mash’al» 2:2
03.04.2010 AGMK - «Mash’al» 0:0
02.05.2009 AGMK - «Mash’al» 2:0
18.11.2008 AGMK - «Mash’al» 1:2
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Mash’al” shu kungacha oliy ligada AGMK maydonidan ikki bor g‘olib bo‘lib qaytgan. 5 marta AGMK zafar quchgan. Ikki bor durang qayd etilgan.
Fikrlar