"Mash’al" oxirgi bor "So‘g‘diyona" maydonida qachon g‘alaba qozongandi?

  • 12.09.2020 07:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga debyutanti “Mash’al” klubining mehmonda “So‘g‘diyona” ustidan qozonilgan g‘alabasi e’tiborga molik. Negaki, muborakliklar birinchi davrada o‘z uyida jizzaxliklar darvozasiga javobsiz uchta gol urgandi. “So‘g‘diyona” esa ushbu mag‘lubiyat uchun revansh ololmadi va qaytanga o‘z uyida yana mag‘lubiyatga uchradi.

Qolaversa, Superliga doirasida ular ushbu mavsumda “Mash’al” darvozasiga gol ura olmadi ham. Bundan tashqari, “Mash’al” klubi oxirgi bor Jizzaxda 2011 yilgi mavsumda g‘alaba qozongan. O‘shanda gollarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda 3:2 hisobida mezbonlarni taslim etgandi. Ko‘rib turganingizdek, muborakliklar oradan 9 yil o‘tib, “So‘g‘diyona” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Mash’al” ochkolarini 19 taga etkazib, 8-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” esa 16 ochko bilan 9-pog‘onada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!