“Mash’al” safiga qaysi futbolchilar kelib qo‘shildi?
Qishki o‘quv yig‘inlarni tugatib qisqa muddatli ta’tilga chiqqan “Mash’al” jamoasi kechadan boshlab Muborakda Superliganing dastlabki turiga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibda qator o‘zgarishlar bor, Ukraina va nigeriyalik futbolchilar bilan bitimlar imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek “Buxoro” jamoasida ijaraga berilgan darvozabon Raximjon Davronov hamda “Xorazm” jamoasiga ijaraga berilgan Muhammadqodir Rahimberganovlar yana jamoa safiga qaytishdi.
Buxoroliklar bilan shartnomasi tugagan Jamoliddin Ubaydullaev ham klub bilan bir yillik kelishuvga erishdi. Bulardan tashqari klubning sobiq vakillari Abbos Shodmonov,Sirojiddin Raxmatullaev, Botir Nosirov kabi futbolchilar yangi mavsumda Sperligada "gazchilar" sharafini himoya qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Mash’al" ilk turda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi 29 fevral kuni Muborakdagi markaziy Bahrom Vafoev nomli o‘yingohda o‘tkazadi. Uchrashuvga soat 14:30 da start beriladi.

Fikrlar