«Mash’al» ikki futbolchi bilan hayralshdi

  • 21.07.2026 14:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Mash’al» futbol klubi tarkibida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat olib borgan futbolchilar Shaxboz Jo‘rayev hamda Samandar Ochilov bilan tuzilgan mehnat shartnomalari o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.

Har ikki futbolchi klubimiz safida o‘zining mehnatsevarligi, fidoyiligi va jamoaga sadoqati bilan muxlislar mehrini qozondi. Ular «Mash’al» sharafini munosib himoya qilib, jamoamizning yutuqlari yo‘lida munosib hissa qo‘shishdi.

&Mash’al» futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda ko‘p sonli muxlislar nomidan Shaxboz Jo‘rayev va Samandar Ochilovga klubimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, halol mehnati va fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!