"Mash’al" legionerlari bilan xayrlashdi
Muborakning “Mash’al” klubi bu yil pro ligada o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajara olmadi. Ya’ni, jamoaga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish nasib qilmadi.
Endi ular kelasi yili yana ushbu maqsad uchun kurashib ko‘radi. Tarkibda ham shunga yarasha o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Dastlabkisi sifatida shuni aytish mumkinki, “Mash’al” legionerlari bilan xayrlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.
“Mavsum davomida "Mash’al" jamoasi sharafini himoya qilgan ukrainalik Mikola Agapov va Sergey Molochko, nigeriyalik Ojo Mozeslar muborakliklar safini tark etdi.
"Mash’al" professional futbol klubi ushbu futbolchilar bilan do‘stona ravishda xayrlashib, ularning klub ravnaqi yo‘lida qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatiga omad tilab qoladi”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar