"Mash’al" Toshkentda yig‘in boshladi. Superliga jamoalariga qarshi o‘yinlar bor
Superligani tark etib, pro liga ishtirokchisiga aylangan “Mash’al” klubi bugundan uchinchi tayyorgarlik bosqichini Toshkentda boshladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda yangi taklif etilgan bir qancha futbolchilar ishtirok etishmoqda.
Qolaversa, Toshkentdagi yig‘in mobaynida nazorat bahslari ham rejalashtirilgan. Jumladan, Superliga vakillari - “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv” jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilishi belgilangan.

Fikrlar