“Mash’al”ni xorijlik mutaxassis boshqarishi mumkin

  • 05.01.2026 14:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Mash’al” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin. Bu haqida AZIYA-SPORT nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klubni rossiyalik mutaxassis Igor Surov boshqarishi kutilmoqda. Surov o‘tgan yillarda Tojikistonning “Eskhata” jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Qirg‘izistonning “Bars” klubi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, muborakliklar o‘tgan mavsum Superligada 30 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!