
Masharipov: G‘alaba uchun harakat qildik, ammo...
"JCh-2026" 2-bosqich saralshining so‘nggi turida O‘zbekiston safarda Eronga qarshi o‘ynab, bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham, darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Bellashuvdan so‘ng terma jamoamiz etakchilaridan biri bo‘lgan Jaloliddin Masharipov uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Guruhimizdagi eng kuchli jamoaga qarshi harakat qildik. Biroq biz bu bosqichda mag‘lub bo‘lmadik. Albatta, g‘alaba uchun harakat qildik. Shunday bo‘lsa-da, durang har ikki tomon uchun ham yomon natija bo‘lgani yo‘q.
Stadiondagi atmosfera haqida
- Bugun atmosfera bunchalik yaxshi bo‘lmadi. "Istiqlol"ning o‘yinida bundan ko‘proq muxlislar keladi va ular men uchun Osiyoda eng ko‘p ishqibozlarga ega jamoa.
- Kelasi mavsum uchun rejalaringiz qanday?
- Mening bir yillik shartnomam bor va shuning uchun yana bir yil shu erda, "Istiqlol" safidaman.
Fikrlar