
Masharipov va Hamrobekov jamoasini bugun muhim o‘yin kutmoqda
Bugun Fors ko‘rfazi kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi chempionlik uchun "Al-Nasr" bilan kuch sinashadi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:05 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, "Shabab Ah-Ahli" finalga "Al Vasl"ni mag‘lub etib yo‘l olgan bo‘lsa, "Al-Nasr" yarim finalda "Ittihod Kalba"ni yutgan edi.
Fikrlar