Mashhur futbolchi grand klubga o‘tishdan bosh tortdi

  • 14.01.2026 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasida “Vest Xem” klubi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi  Lukas Paketa yanvar oyida “Tottenxem”ga o‘tishdan bosh tortdi.

Bu haqida ExWHUEmployee nashri xabar bermoqda.

Avvalroq ,”shporlar” 28 yoshli futbolchini transfer qilish bo‘yicha “bolgaurarlar”ga  rasmiy taklif yuborgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Tottenxem” haqiqatan ham Paketani o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor bo‘lgan, ammo “Vest Xem” yarim himoyachisi aniq qilib, Braziliyaga qaytishni afzal ko‘rishini bildirgan.

Joriy mavsumda Paketa barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!