Asosiy mazmunga oʻtish

Mashhur futbolchi “Manchester Yunayted”ga ideal murabbiy topib berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoani aynan shu mutaxassis qutqaradi

Angliya milliy terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz ayni paytda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan Karlo Anchelottini manchesterliklar uchun ideal murabbiy ekanini ta’kidladi.

Hozirda jamoa vaqtinchalik murabbiy Maykl Kerrik boshchiligida yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda va u doimiy bosh murabbiylikka asosiy nomzod sanaladi.

Biroq Skoulz Kerrikning tajribasiga shubha bilan qaraydi va “Yunayted”ga katta tajribaga ega murabbiy kerak, deb hisoblayapti.  Uning fikricha, Anchelotti aynan shunday nomzod.

Skoulz Anchelotti futbolchilarga ishonch bag‘ishlay olishini, katta sovrinlarni yutish tajribasiga ega ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala – italyalik mutaxassisning yoshi katta ekani muammo bo‘lishi mumkinligida.

Shuningdek, Skoulz Kerrikning Chempionshipda ishlagani Premyer-ligada chempionlik uchun kurashish bilan teng emasligini uqtirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q