Mashhur futbolchi: Ronaldу, Oʻzbekistondan ehtiyot boʻl!

  • 26.05.2026 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya futbolining taniqli shaxslari Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatidagi ishtirokiga munosabat bildirmoqda. Sports.uz portali milliy jamoamiz haqida ekspertlar bildirgan fikrlarni oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari eʼtiboriga havola etadi.

Valeriy Nepomnyashchiy, Kamerun va Oʻzbekiston milliy terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi:

Shubhasiz, soʻnggi 20 yil ichida Oʻzbekiston futboli yangi darajaga chiqdi, hozir u yerda asr boshidagi muammolar yoʻq. Jamoaning jahon chempionatiga chiqqani ham shuning yaqqol isbotidir. Menimcha, pley-offga chiqish imkoniyati bor va bu imkoniyatlar ancha yaxshi. Yangi format va imkoniyatlarni hisobga olsak, oʻzbeklar bu vazifani uddalashi mumkin.

Yuriy Syomin, Rossiya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi:

Albatta, men jahon chempionati boshlanishini intiqilik bilan kutyapman va bu qiziqarli turnir boʻlishiga umid qilyapman. Mundialda turli jamoalarni kuzataman.

Qaysi jamoaga muxlislilik qilaman? Menga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yaqin. Bu mamlakatdan koʻplab tanishlarim bor, qolaversa, bu bizga yaqin davlat.

Valeriy Kechinov, Oʻzbekiston va Rossiya chempionatlari gʻolibi:

Rossiya futbolida chuqur iz qoldirgan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Valeriy Kechinov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi istiqbollarini yuqori baholadi. Uning fikricha, hatto Krishtianu Ronaldudek yulduzga ega Portugaliya milliy terma jamoasi uchun ham Oʻzbekistonga qarshi oʻyin oson kechmaydi.

- Oʻzbekiston jahon chempionati pley-offiga chiqishi mumkinmi? Albatta, mumkin, hozir terma jamoada kuchli ijrochilar yigʻilgan. Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov kuchli Yevropa klublarida oʻynash boʻyicha katta tajribaga ega. Hatto Portugaliya milliy terma jamoasi ham Oʻzbekistonni magʻlub etish uchun qattiq mehnat qilishiga toʻgʻri keladi”, - dedi Valeriy Kechinov.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarayotgan Fabio Kannavaro jamoani tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib ketdi. Guruh bosqichida debutant terma jamoa Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
27/05/2026 19:36
Omad