Mashhur futbolchi uchda badavlat klubga rad javobini berdi

  • 30.06.2026 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning mashhur klubi “Marsel”ning 24 yoshli qanot hujumchisi Meyson Grinvud Saudiya Arabistonining bir nechta klublaridan tushgan manfaatli takliflarni rad etdi.

Bu haqida jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchini “Al-Ahli”, “Al-Qodisiya” va “Ad-Diriya” o‘z safiga qo‘shib olishga urinigan, ammo uchala klubning taklifi ham yerda qolgan.

Ayni paytda kurashda faqat Turkiyaning “Fenerbahche” klubi qolgan bo‘lib, bu jamoa mutasaddilari Grinvud bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va futbolchi bilan kelishuvga erishishga harakat qilayapti.

O‘tgan mavsum Grinvud uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi. U barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!