Mashhur futbolchi uchun mavsum tugadi

  • 21.04.2026 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premyer-ligasining oʻrtamiyona klublari darajasiga tushib qolgan “Nottingem Forest”ning mashğur futbolchisi Kallum Hadson-Odoi mushak jarohati sababli joriy mavsumda boshqa oʻyinlarda ishtirok etmaydi.

Tajriba­li charm toʻp ustasi ushbu jarohatni oʻtgan hafta “Portu”ga qarshi Yevropa ligasi chorak finali javob uchrashuvida (1:0) zahiradan maydonga tushganidan keyin orttirib olgan edi.

The Athletic nashri maʼlumotiga koʻra, Hadson-Odoi endi “oʻrmonchilar”ga Premyer-ligada qolish uchun kurashda ham, “Aston Villa”ga qarshi Yevropa ligasi yarim finalida ham yordam bera olmaydi.

“Portu”ga qarshi uchrashuv hujumkor futbolchi uchun joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 43-oyin boʻldi. 25 yoshli angliyalik yulduz ushbu oʻyinlarda oltita gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!