Mashhur futbolchi yuragidan operatsiya qilindi

  • 08.09.2026 16:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Napoli” klubi futbolchisi Skott Maktominey yuragida ablyatsiya amaliyoti o‘tkazildi. Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jarrohlik muvaffaqiyatli yakunlangan.

Tibbiy ko‘riklar davomida shotlandiyalik futbolchida yurak urishida engil ko‘rinishdagi yaxshi sifatli aritmiya aniqlangan edi. Shifokorlar tavsiyasiga binoan amalga oshirilgan operatsiyadan so‘ng Maktominey kamida ikki hafta dam olishi kerak. Shu muddatdan keyin u mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.

Ablyatsiya — yurakning me’yordan tashqari elektr ritmini to‘g‘rilashga qaratilgan tibbiy usul hisoblanadi.

29 yoshli Skott Maktominey “Napoli” safida 2024 yildan beri o‘ynaydi. U neapolliklar tarkibida 82 o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urgan. Jamoa bilan birga Italiya chempioni va Italiya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Bundan oldin, 2017–2024 yillarda Maktominey Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sharafini himoya qilgan. Ushbu jamoa bilan bir marta Angliya kubogi va bir marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Shotlandiya terma jamoasi tarkibida esa 73 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!