Mashhur klublarda o‘ynagan yulduz Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi
Londonning «Arsenal» va Madridning «Atletiko» jamoalari sobiq yarim himoyachisi Tomas Parti faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.
33 yoshli futbolchining yangi jamoaga o‘tishi haqida «Ash-Shabab» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy ma’lum qildi.
Parti yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Afrikalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumni Ispaniyaning «Vilyarreal» klubida o‘tkazdi. U UEFA Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat kubogi doirasida jami 32 o‘yinda maydonga tushdi.
«Ash-Shabab» yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi — Saudiya Pro-ligasining 1-turida jamoa «Al-Kadisiyaga» 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Klub safida «Milan»ning sobiq yarim himoyachisi Yasin Adli, «Atletikoda» o‘ynagan Yannik Karrasko ham to‘p surmoqda.

Fikrlar