
Mashhur sobiq futbolchi Xojimat Erkinov klubi ustoziga aylanishi mumkin
"Nijniy Novgorod" klubi sobiq ustozi Aleksandr Kerjakov Rossiya Premer ligasining boshqa klubiga ish boshlashi mumkin. Insayder Sergey Ilevning telegramdagi kanali orqali xabar berishicha, Moskvaning "Torpedo" klubi mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ayni damda poytaxtliklar jamoasi boshqaruvchisi lavozimini Aleksandr Borodyuk egallab turibdi. Uning qo‘l ostida klub hali birorta ham g‘alaba qozonmagan va RPL turnir jadvalining quyi pog‘onasidan joy olgan. Beshta turdan so‘ng debyutant jamoaning hisobidagi ochkolar soni atigi bittani tashkil qiladi.
Oltinchi tur doirasida “Torpedo” mamlakatning amaldagi chempioni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar