
Mashhur yulduz “Real”ning hafsalasini pir qildi
“Qirollik klubi” 2026 yilning yozgi transferlar davri uchun “Arsenal” markaziy himoyachisi Vilyam Salibani asosiy nishon sifatida belgilagan edi.
Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, madridliklar katta transferni amalga oshirish imkoniyatidan ayriladigan bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchi “kanonirlar” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
ESPN nashrining yozishicha, “Real” bildirayotgan jiddiy qiziqishdan xabari bo‘lgan Vilyam Salibaning bu qarori madridliklarning hafsalasini pir qilgan.
Vilyam Salibaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Kelasi yoz 80 million evroga baholanayotgan 24 yoshli himoyachini arzonlashtirilgan narxda olish imkoni bor edi. Endi “Real” e’tiborini boshqa variantlarga qaratishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar