Mashhur yulduz shartnomani bekor qildi
Evropa “Liverpul”, “Barselona” va “Bavariya”dagi oʻyinlari bilan tanilgan braziliyalik pleymeyker Filippe Koutinyo faoliyatini oʻz yurtida “Vasko da Gama” jamoasida davom ettirayotgani edi.
33 yoshli futbolchi klub bilan kelishuvini muddatidan oldin yakunlashga qaror qildi. Shartnoma bekor qilinganini Koutinyo ijtimoiy tarmoqlardagi oʻz sahifasida yozdi.
Klub maʼlumotiga koʻra, kelishuvni bekor qilish tashabbusi futbolchining oʻzidan chiqqan. Bu qaror yaqindagi oʻyindan keyin qabul qilingan, oʻsha oʻyinda muxlislar yarim himoyachini hushtakbozlik bilan qarshi olgan.
Tanaffusda almashtirilgandan keyin Koutinyo zahira oʻrindigʻiga qaytmagan va keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda xayrlashuv bayonotini eʼlon qilgan.
Klub bayonotida shunday deyiladi:
“Oʻzaro hurmatli va ochiq muloqotdan soʻng tomonlar shartnomani bekor qilish boʻyicha oʻzaro maqbul kelishuvga erishdilar.
Akademiya bitiruvchisi sifatida Koutinyo “Vasko”ning yoshlar tizimining barcha bosqichlaridan oʻtgan va jahon futbolidagi faoliyati davomida hamisha ushbu klub ruhiga sodiq boʻlib kelgan.
Faoliyati boshlangan jamoasiga qaytgach, u professionalik, sadoqat va klubga chuqur hurmatini koʻrsatdi va maydondagi har bir lahzada “Vasko” futbolkasiga ehtiro m namoyish qildi”.
Joriy mavsumda Koutinyo “Vasko da Gama” safida 7 ta oʻyinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar