Mastantuono: "Milliy terma jamoada 10-raqamli formada o‘ynash — bu beqiyos tuyg‘u"

  • 9 oktabr, 18:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Real" futbolchisi Franko Mastantuono milliy jamoada 10-raqamli formada o‘ynagani haqida fikr bildirdi.

Tecno

"10-raqamli forma — bu ajoyib narsa. Har doim aytaman, Leo Messi va Diego Maradona kabi afsonalar kiygan raqam ostida o‘ynash — bu eng yuqori daraja. Buni kutmagan edim, bu men uchun juda maxsus lahza bo‘ldi.

Har gal shu formadagi suratimni ko‘rganimda, his-tuyg‘ular meni chulg‘ab yuboradi.

Kiyinish xonasiga kirib, 21-raqam yonida ismimni ko‘rdim va Xulian Alvares bilan bir qatorda ekanimni ko‘rib, avvaliga meni qiziqtirishyapti deb o‘yladim.

Bu mening hayotimdagi noyob va unutilmas lahza bo‘ldi", — deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik yosh yulduz.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabrda o‘tkazilgan Argentina - Ekvador uchrashuvida Real Madrid futbolchisi 10-raqam ostida harakat qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!