Matyuidi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Oldin xabar berganimizdek, PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidi “Yuventus”ga o‘tishga juda ham yaqin turibdi.

“Sport Italia”ning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi bugun Turin klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan  so‘ng, shartnoma imzolaydi.

Ilgariroq, “keksa sinora” Matyuidi uchun 25 mln evro sarf etishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!