Maunt katta klubga rad javobini berdi

  • 07.06.2023 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ni tark etishga tayyorlanayotgan Meyson Mauntga Evropaning bir necha klublari og‘iz solmoqda.

Xususan, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp iste’dodli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Maunt  “Liverpul”ga o‘tish rejasi yo‘qligini ochiq bildirgan. Bunga asosiy sabab qilib, liverpulliklarning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi ko‘rsatilmoqda.

Hozircha, Meyson Mauntga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda. Erik ten Xag jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqdi. Kelasi mavsum uning shogirdlari Angliya Premer-ligasida ham chempionlik uchun kurashmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!