Maur APLdagi o‘zining sevimli klubi nomini aytdi. U "Tottenxem" emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino joriy mavsumda "Aston Villa"ning ko‘rsatayotgan o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Aston Villa - ayni damda mening APLdagi sevimli jamoam. Ularning o‘yinini tomosha qilishni yoqtiraman. Klubda yaxshi murabbiy qo‘li ostida shug‘ullangan ajoyib futbolchilar jam bo‘lgan. Shogirdlarimdan ham aynan shunday o‘yin kutyapman", - deydi Mourino.

"Aston Villa" Premer-liga 17 turidan so‘ng 26 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!