Maurisio Ruffi Arman Tsarukyangga qarshi jangda nega nokautga uchradi?
Braziliyalik UFC jangchisi yo‘l qo‘ygan xatolarini sanab o‘tdi
Braziliyalik UFC jangchisi Maurisio Ruffi yana bir taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyangа qarshi bahsda yo‘l qo‘ygan xatolarini aytib o‘tdi.
"Birinchi raunddayoq Armanning yuzi shikastlangan va ko‘zi qattiq shishgan edi. Unga yana zarbalar berib, jangni ikkinchi raundda yakunlamoqchi edim.
Sekundantlar menga o‘n soniya qoldi, deb baqirishganida, Tsarukyan oyoqlarimga sho‘ng‘idi. Men esa buni yaxshi deb o‘yladim. Boisi shu orqali uni kuch sarflashga majbur qilib, keyingi raundda nokaut uchratmoqchi edim.
To‘rt soniya qolganida burchakdan qochib ketishim mumkin edi, lekin buni istamadim. Vaziyatdan unga qarshi foydalanmoqchi edim. Biroq diqqatimni yo‘qotdim, bo‘shashdim va buning uchun badal ham to‘ladim", - dedi Braziliya vakili.

Izohlar (0)