Mauritsio Sarri A Seriya grandlaridan birining taklifini qabul qildi. Unga qaysi jamoa ishonmoqda?

  • 1 aprel, 2021, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan xayrlashib, o‘rniga Mauritsio Sarrini olib kelishga tayyor. Bu haqda Italiya nashrlari yozmoqda.

Tecno

Jumladan, Calciomercato.com saytining ma’lum qilishicha, 62 yoshli italiyalik mutaxassisning agenti allaqachon ushbu masala yuzasidan "Roma" xo‘jayini Tyagu Pintu bilan uchrashuv o‘tkazgan. Sarri Rim klubining taklifiga rozilik bildirgan va buning uchun “Fiorentina”ning chorlovini rad etgan.

“Roma” joriy mavsum A Seriyada 28 turdan so‘ng, 50 ochko jamg‘argan holda jadvalda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’uritsio Sarrining so‘nggi ish joyi Turinning “Yuventus” klubi bo‘lgan edi. Undan avval "Chelsi" va "Napoli" klublarida ham faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!