
Mavsumni "Chelsi"da o‘tkazgan Zakariya Londonda qolishi mumkin
Yakuniga etgan mavsumda "Chelsi"da ijara asosida to‘p tepgan Denis Zakariya "Yuventus"ga qaytishi kutilmoqda. Ammo unda Londonda qolish imkoniyati ham mavjud.
Deklan Raysni sotib bo‘lgach, "Vest Xem" uning o‘rnini to‘ldira oladigan tayanch yarim himoyachisi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida shvetsariyalik futbolchi favoritlar qatorida turibdi. Bu haqda "Mail Sport" nashri xabar berdi.
Oldinroq, Fabritsio Romano "Yuventus" ijaradan qaytadigan futbolchilarini sotuvga qo‘ygani haqda ma’lum qilgandi. Bular Artur Melo, Ueston Makkenni va Denis Zakariya.
Fikrlar