May oyidan yana bir chempionat bahslari davom ettiriladi
Chexiya professional futbol ligasi rahbariyati seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videokonferentsiyada mamlakat chempionatini 23 maydan davom ettirish qaroriga keldi.
Liga rasmiy saytiga ko‘ra, Chexiya oliy divizionining 16 ta klubidan 13 tasi mavsumni davom ettirish va iyuligacha yakunlashga rozilik bildirishgan. Faqat "Karvina", "Opava" va "Zlin" ushbu rejaga qarshi bo‘lgan.
Shu tariqa, Chexiyada futbol mavsumi 23 maydan 23-turning qoldirilgan bahslari bilan qayta tiklanadi. 25 maydan esa 25-tur o‘yinlariga start beriladi.
Fikrlar