
Mayk Tayson kutilmagan bokschini dunyoda eng zo‘ri ekanini tan oldi
Boks qiroli Mayk Tayson bugungi kunda dunyoda eng zo‘r charm qo‘lqop ustasi kim ekanini aytdi.
O‘z davrida professional boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni bo‘lgan Tayson yaponiyalik Naoe Inoueni zamonamizning eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etdi.
- Hozir jahonning eng zo‘r bokschisi kim? Men yaponiyalikni eng zo‘r, deb hisoblayman, - dedi Mayk Tayson.
30 yoshli Inoue professional faoliyatini 2012 yili boshlagan va oltinchi jangidayoq jahon chempioni bo‘ldi. U WBC yo‘nalishi bo‘yicha 49 kilogrammgacha vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Keyinchalik yaponiyalik jangchi 52,2 va 53,5 kilogramm vazn toifasida ham jahon chempioni bo‘ldi.
2023 yilning 25 iyul kuni Inoue amerikalik Stiven Fultonni mag‘lub etib, og‘irligi 55,3 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ham chempion bo‘ldi.
To‘rtta vazn chempionligiga sazovor bo‘lgan Naoe Inoue 25 ta jangning barchasida g‘olib chiqqan va raqiblarini 22 marta nokautga uchratgan.
Fikrlar