
Mayk Tayson "super" jang ko‘rishni xohlaydi yoxud u Lomachenkoga raqib topdi
Sobiq jahon chempioni Mayk Tayson Vasiliy Lomachenkoni Jervonta Devisga qarshi jang qilishni istaydi.
"Ukrainalik yigit Vasiliy Lomachenko. Siz uni taniysizmi? Men uni yoqtiraman.
Menga Jervonta Devis ham yoqadi. Bu yigitlar o‘zaro jang qilishlari kerak ”, - dedi Tayson.
Ma’lumot uchun, Lomachenko engil vazn toifasida WBA, WBO chempioni, Jervonta Devis esa WBA "regular" kamari sohibi sanaladi. Har ikki bokschi ayni kunda o‘z dvizionining etakchilari sanaladi. Shunday ekan ularning o‘zaro to‘qnashuvi shubhasiz "super" jang bo‘ladi.
Fikrlar