
Maykl Bisping: "Xamzat Chimaev Dyu Plessi bilan jangda favorit emas"
UFC sobiq chempioni Maykl Bisping chechenistonlik Xamzat Chimaev va o‘rta vaznda amaldagi chempion Drikus dyu Plessi jangi haqida gapirdi.
"Faqat ahmoqlar Chimaevni dyu Plessi bilan bahsda favorit hisoblaydi. Ularning miyasiga bu fikr qanday kelganini bilmadim. To‘g‘ri, Xamzat kuchli yigit. Biroq Drikusning ham kurashi yaxshi, ham jiu-jitsu bilan shug‘ullangan. O‘lchamiga kelsak, u hatto o‘z toifasi uchun katta jangchi sanaladi. Uning kardiyosi esa ajoyib - unga besh raunddan o‘tish qiyin bo‘lmaydi. Chimaev UFC dagi ikki jangida hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan. Eslab ko‘ring, Gilbert Byorns oxirgi raundlardagina tashabbusni o‘z qo‘liga ola boshladi, Kamaru Usmon esa qarama-qarshilikni durangga olib kelishiga sal qoldi. Bu atiga uch raundlik janglar edi. Endi beshta bo‘ladi. Bu to‘qnashuvda chechenistonlikka oson bo‘lmaydi" - dedi britaniyalik.
Ma’lumot uchun, dyu Plessi va Chimaev o‘rtasidagi chempionlik jangi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar