Maykl Chendler: "Konor bilan albatta, jang qilaman"

  • 1 noyabr, 2024, 13:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik MMA jangchisi Maykl Chendler  (23-8) ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor (22-6)  bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Konor bilan jangimiz qachondir bo‘ladi. Men bunga ishonaman. 2025 yilning qaysidir nuqtasida albatta, Makgregor bilan uchrashamiz" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Newsweek".

Eslatib o‘tamiz, Konor va  Chendler jangi "UFC 303" turnirida o‘tkazilishi kerak edi, ammo irlandiyalikning oyog‘idan olgan jarohati bois bahs bekor bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!