Mbappe: 850 ta gol urganlar bor, ularning oldida mening natijam kulgili
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida Gibraltar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilganidan keyin umumiy gollari sonini 300 taga etkazib oldi.
24 yoshli futbolchi bu natijaga Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymardan erta erishdi. Bu uch hujumchi gollari sonini 300 taga etkazganida yoshi 25 dan o‘tgan edi.
Shunga qaramay, Mbappe kamtarlik qildi.
- Bu umumiy jarayonning bir qismi. O‘z faoliyati davomida 800 yoki 850 ta gol urganlar bor. Ular oldida 300 ta gol shuchaki kulgili.
Men shu taqlid ishlashda davom etishim, klubdagi va terma jamoadagi o‘yinimni yaxshilab borishim kerak, - dedi Kilian Mbappe.



Fikrlar