Mbappe "Barsa"ga qarshi o‘yin oldidan: Buyuk futbolchilarning vaqti keldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Barelona"ga qarshi EChL o‘yini oldidan qanday holatda ekanligi haqida gapirdi.
"Buyuk futbolchilarning vaqti keldi va bunga tayyorman. Odatdagidek, buni yashirmayman", - dedi frantsiyalik futbolchi.
Qayd etish lozim, ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bellashuv 10 aprel kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi 16 aprel kuni Barselonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar