
Mbappe bir soniyada qancha pul topadi?
Kilian Mbappe Evropada eng katta maosh olayotgan futbolchi hisoblanadi. Parij klubi 24 yoshli hujumchining yillik xizmatini 75 million evroga baholagan.
Mbappe istasa dunyo tarixida eng ko‘p pul oladigan o‘yinchiga aylanishi mumkin edi. Saudiyaliklar unga bir mavsum uchun 300 va 400 million dollardan ortiq maosh to‘lashni taklif qilgandi. Lekin frantsuz hujumchisi Osiyoga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.
Shunga qaramay, hozir ham uning topish-tutishida muammo yo‘q. 24 yoshli futbolchi:
Bir oyda 6,25 million dollar;
Bir kunda 205 ming dollar;
Bir soatda 8562 dollar;
Bir daqiqada 142,7 dollar;
Bir soniyada 2,38 dollar mablag‘ ishlamoqda.
Fikrlar