
Mbappe boshchiligidagi PSJda hamon kvadrupl uchun imkoniyat bor! (Foto)
Evropa chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida PSJ "Barselona"ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Parij grandi musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Qizig‘i, jamoada hamon kvadrupl (4 ta sovrin yutish imkoniyati)ga erishish ehtimoli saqlanib turibdi. Parijliklar allaqachon mamlakat superkubogini qo‘lga kiritgan. EChLda ham yarim finalga qadar etib keldi.
Ma’lumot o‘rnida, Frantsiya kubogida finalga yo‘l olgan Kilian Mbappening sheriklari hozir ichki birinchilikda ham peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar