Mbappe Braim Diasni qoʻllab-quvvatladi: "Avvalo sportchi haqida emas, inson haqida oʻylash lozim"

  • 19.01.2026 22:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Afrika Kubogi finalida Senegal darvozasiga penaltdan foydalanа olmagan Braim Diasni qo‘llab-quvvatladi.

Finalda Marokash terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Senegаlga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 14-daqiqada Braim penaltini markazga yo‘lladi, ammo raqib darvozaboni Eduar Mendi to‘pni ushlab qoldi. Penalty belgilanishi oldidan uzoq tortishuvlar bo‘lib o‘tgan, Senegal jamoasi maydonni tark etishga ham yaqin kelgan edi.

Mbappening so‘zlariga ko‘ra, u Braimga xabar yozgan, ammo hali javob olmagan. Shuningdek, u Ashraf Hakimi bilan tun yarmigacha telefon orqali suhbatlashib, bo‘lib o‘tgan barcha voqealardan xabardor ekanini aytdi.

"Bu juda og‘ir holat. U hozir nimani his qilayotganini tushunaman. Men ham bunday vaziyatni boshdan kechirganman. Unda hozir alam, g‘azab bor. Marokash xalqi bu sovrinni yillar davomida kutgan edi va g‘alabaga juda yaqin kelishgandi. Ammo futbolchilar hayoti shunaqa. Biz unga yordam berishimiz kerak. Avvalo sportchi haqida emas, inson haqida o‘ylash lozim. U uchun bu holat juda og‘ir bo‘lgan. Qo‘llab-quvvatlash biz uchun juda muhim", — dedi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!