Mbappe bu borada Evropada eng yomoni

  • 22.09.2024 09:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe xavfli vaziyatlarni golga aylantirishda borasida omadi kelmayapti.

Kilian La Liga doirasida 6 ta o‘yinda 4 ta gol urgan, ulardan 3 tasi penaltidan. “Who Scored” portali ma’lumotlariga ko‘ra, frantsiyalik yulduz joriy mavsum top-5 ligalarda xG ya’ni golli vaziyatlardan foydalanish borasida eng yomon ko‘rsatgichga ega. Bu ko‘rsatgichlarga 11 metrlik jarimadan urilgan gollar hisobga olinmaydi.

Xavfli vaziyatlari 3.96 xG bo‘la turib, “qaymoqranglilar” forvardi penaltisiz bor yo‘gi bitta gol urgan. Ikkinchi eng yomon ko‘rsatgich “Atletiko” futbolchisi Samuel Linoga tegishli, u 2.03 xG bilan gol ura olmagan. Keyingi o‘rinlar Abde Ezzalzuli (“Betis”), Bruno Fernandes (“Manchester Yunayted”) va Olli Uotkins ("Aston Villa”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!