Mbappe Chempionlar ligasi bosh sovrini va "Oltin to‘p" o‘rtasida tanlov qildi
«Real» klubining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin to‘p» masalasida o‘z fikrini ochiq aytdi. Uning ta’kidlashicha, u bu mukofotga munosib va ovoz berish imkoniy bo‘lsa, o‘zini o‘zi qo‘llab-quvvatlashdan ham toymaydi.
Shu bilan birga, fransuz futbolchisi shaxsiy yutuqlarini jamoa manfaatlaridan ustun qo‘ymasligini qayd etdi. Bu haqida u «Real»ning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng gapirdi.
«Men uchun «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishdan ham muhimroq», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘z maydonida, «Santyago Bernabeu»da «Inter» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Madrid klubi tarkibidagi gollarga Kilian Mbappe va Federico Valverde mualliflik qildi. «Inter» safida yagona golni Karlos Augusto urdi.

Fikrlar