
Mbappe chorak final oldidan Portugaliya terma jamoasiga baho berdi
Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappe "Evro-2024" chorak final uchrashuvi oldidan Portugaliya terma jamoasi haqida gapirdi. Chorak final bahsi bugun, 5 iyul kuni Gamburgdagi "Folksparkshtadion" stadionida bo‘lib o‘tadi.
- Ajoyib jamoa, bizga qiyin bo‘ladi. Agar ular shu bosqichga etib kelgan bo‘lsa, demak, hozir Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ushbu uchrashuvda kichik detallar asosiy rol o‘ynaydi. O‘ylaymanki, bu gollarga boy o‘yin bo‘ladi, juda ko‘p taktikalar bo‘ladi. Demak, biz yarim finalga chiqish uchun tayyor bo‘lishimiz va diqqatimizni jamlashimiz kerak, - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, turnirning 1/8 final bosqichida Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida (0:0, 3:0 penaltilar) mag‘lub etgandi. Frantsiya esa Belgiya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan edi (1:0).
Fikrlar