Mbappe dunyodagi eng kuchli terma jamoa nomini aytdi. U Frantsiya emas

  • 13 oktabr, 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” to‘purari Kilian Mbappe bugungi kunda jahon futbolidagi eng kuchli terma jamoa nomini aytdi. Qizig‘i shundaki, mashhur futbolchi o‘zi o‘ynaydigan Frantsiyadan ham qudratli jamoa borligini e’tirof etdi.

Tecno

- Ispaniya terma jamoasi yoshlari ham xuddi asosiy tarkib yulduzlari kabi zo‘r o‘ynaydigan kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Ularning boshqaladan ustunligi shunda va bu bilan ispanlarni tabriklasa bo‘ladi.

Bu jamoa maydondagi jarayonlarni to‘liq nazorat qila oladi. Ularning texnikasi juda kuchli.

Jahon chempionatlaridagi tajribamga tayanib aytishim mumkinki, mundial oldidan juda zo‘r sport formasida bo‘lishar doim ham muhim emas. Ispanlarning aksariyati yosh o‘yinchilar va ularning ko‘pi jahon chempionati nima ekanini his qilmaydi.

Ispaniya – Evropadagi eng qudratli jamoa, lekin jahon chempionatida o‘ynash umuman boshqa narsa, - dedi Kilian Mbappe.  

Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida ketma-ket ikki marotaba jahon chempionati finalida to‘p tepib, musobaqaning oltin va kumush medali bilan taqdirlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!